Yevro Pro AssistYEVRO PRO ASSIST
24/7 · Samarqand va qo'shni hududlar

Avariyaga tushdingizmi? Yevroprotokolni GAIsiz rasmiylashtiramiz

Avariya mutaxassisimiz voqea joyiga yetib boradi, yevroprotokolni to'g'ri rasmiylashtirishda yordam beradi hamda sug'urta to'lovini olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashadi.

5 yiltajriba
1100+mijoz
24/7aloqada
2 taofis
Xizmatlar

Avariyadan sug'urta to'lovigacha — siz bilan birgamiz

YPX (GAI) xodimlarini kutmasdan va jarimalarsiz YTHni tezkor, qonuniy va to'liq sug'urta to'lovi kafolati bilan rasmiylashtiramiz.

01

Avariya mutaxassisi

Mutaxassis chaqiruv joyiga 20 daqiqada chiqadi, haydovchi vaqtini va asabini tejab, yevroprotokolni qonuniy rasmiylashtirishda to'liq ko'maklashadi.

02

Yevroprotokol rasmiylashtirish

YTH to'g'risidagi xabarnomani ikki nusxada, xatosiz va qonun talablariga mos to'ldiramiz.

03

Foto va video qayd

Avtomobillar joylashuvi va shikastlarni sug'urta kompaniyasi talab qiladigan tarzda suratga olamiz.

04

Narkologik ekspertiza

Xabarnoma tuzilgach, 4 soat ichida o'tkazilishi shart bo'lgan tekshiruvni tashkil qilamiz.

05

Zararni mustaqil baholash

Mustaqil sertifikatlangan texnik ekspert avtomobilning yashirin va ko'rinadigan zararlarini aniqlaydi, ta'mirlashning to'liq haqqoniy qiymatini chiqaradi. Mustaqil baholash xulosasi sug'urta to'lovi miqdorini asoslashga yordam beradi.

06

To'lovgacha kuzatish

Hujjatlarni sug'urta kompaniyasiga topshirishga yordam beramiz va to'lov tushgunicha yoningizda bo'lamiz.

Tejaysiz

Oldi olinadigan oqibatlar va xarajatlar

Biz bilan yevroprotokol rasmiylashtirilsa, quyidagilarning hammasidan xoli bo'lasiz:

  • YPX (GAI) xodimlari ishtirokisiz
  • Ortiqcha bosh og'riq va yugur-yugurlarsiz
  • Jarima maydonisiz
  • Evakuator olib ketishlarsiz
  • Hujjatlar olib qo'yilishisiz
  • Tergov va ekspertizalarsiz
  • Sud jarayonlarisiz
  • Suddan jarimalarsiz
Muhim eslatma!≈ 5–6 mln so'm

Tajribamizdan kelib chiqqan holda, bu oqibatlarning xarajatlari hozirgi kunda taxminan 5–6 million so'm atrofida. Xizmatimizdan foydalansangiz, vaqtingizni, asabingizni va hamyoningizni tejab qolasiz.

Jarayon

4 qadamda muammo hal bo'ladi

Bog'lanasiz

Qo'ng'iroq qiling yoki joylashuvingizni Telegram'da yuboring.

Mutaxassis yetib keladi

Mutaxassis voqea joyida holatni o'rganadi va shartlarni tekshiradi.

Hujjatlar joyida

Xabarnoma, foto-dalillar va narkologik tekshiruv tashkil etiladi.

Sug'urta to'lovi

Hujjatlarni topshirishga ko'maklashamiz va sug'urta tovon to'lovini olguningizcha yoningizda bo'lamiz.

Qonun talablari

Yevroprotokol qachon rasmiylashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 609 va 141-son qarorlariga asosan quyidagi shartlarning barchasi bir vaqtda bajarilishi kerak.

Shartlardan biri bajarilmasa ham xavotir olmang. Qo'ng'iroq qiling, mutaxassisimiz qanday harakat qilishni aytadi.
  • Avariyada faqat 2 ta transport vositasi ishtirok etgan va faqat ular shikastlangan
  • Hech kim jarohat olmagan, piyodalar ishtirok etmagan
  • Yo'l belgilari va boshqa mol-mulkka zarar yetmagan
  • Haydovchilardan biri aybini to'liq tan oladi
  • Ikkala avtomobil egasining javobgarligi OSAGO bilan sug'urtalangan
  • Haydovchilar mast holatda emas va hujjatlari amalda
  • Shikastlar ro'yxati bo'yicha haydovchilar o'rtasida kelishmovchilik yo'q
OSAGO

Polisni tekshiring

Avariyadan oldin ikkinchi haydovchining OSAGO polisi haqiqiyligini tekshiring. Tekshiruv NAPP ning rasmiy ERSP tizimida amalga oshiriladi.

Polisni tekshiringRasmiy manba: ersp.e-osgo.uz
Rasmiy saytda tekshirish
Muddatlar

Muddatni o'tkazib yubormang

Kechikish sug'urta to'lovini yo'qotishga olib kelishi mumkin. Biz har bir muddatni nazorat qilamiz.

Yevroprotokol →
1

Voqea joyidaXabarnoma ikki nusxada to'ldiriladi, foto va video olinadi

2

4 soat ichidaIkkala haydovchi narkologik tekshiruvdan o'tadi

3

3 ish kuni ichidaHujjatlar sug'urta kompaniyasiga topshiriladi

4

15 ish kuni ichidaSug'urta kompaniyasi to'lov bo'yicha qaror qabul qiladi va to'lovni amalga oshiradi

Nega biz

Haydovchilar bizga ishonadi

5 yillik tajriba

5 yildan beri Respublikadagi haydovchilarga yordam beramiz.

1100+ mijoz

Har bir holat bo'yicha to'lovgacha kuzatib boramiz.

Qonun asosida

Ish tartibimiz Vazirlar Mahkamasining 609 va 141-son qarorlariga to'liq mos.

24/7 aloqada

Kechasi ham, bayram kunlari ham qo'ng'iroqqa javob beramiz.

2 ta ofis

Samarqand shahrida ikki ofisimiz bor, istalganiga keling.

Rasmiy kompaniya

"YEVRO PRO ASSIST" MChJ nomidan shartnoma asosida ishlaymiz.

Ofislar

Samarqand shahridagi ofislarimiz

Samarqand viloyati va unga tutash hududlarga ham xizmat ko'rsatamiz.

1-ofis

Samarqand sh., Abdurauf Fitrat ko'chasi, 11-uy

Mo'ljal: Selxoz instituti orqa tarafi, Gagarin International o'quv markazidan 200 m ichkarida
2-ofis

Samarqand sh., Bahodir Yalangto'sh ko'chasi, 2-uy

Mo'ljal: Samarqand shahar YPX (Gor GAI) ro'parasida
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Yevroprotokol nima?

Yevroprotokol — yo'l-transport hodisasi to'g'risidagi xabarnoma. U ichki ishlar xodimlarini chaqirmasdan, haydovchilarning o'zaro kelishuvi asosida voqea joyida to'ldiriladi.

GAI chaqirish shartmi?

Qonundagi barcha shartlar bajarilsa, shart emas. Aks holda boshqa tartib qo'llanadi va mutaxassisimiz qanday harakat qilishni tushuntiradi.

Narkologik tekshiruv nima uchun kerak?

Qonunga ko'ra ikkala haydovchi xabarnoma tuzilgandan keyin 4 soat ichida tekshiruvdan o'tishi shart. Aks holda sug'urta kompaniyasi to'langan summani qaytarishni talab qilishi mumkin.

Hujjatlarni qachongacha topshirish kerak?

Xabarnoma va ilova hujjatlar 3 ish kuni ichida sug'urta kompaniyasiga topshirilishi kerak.

To'lov qancha vaqtda tushadi?

Sug'urta kompaniyasi hujjatlarni olgandan keyin 15 ish kuni ichida qaror qabul qiladi va to'lov amalga oshiriladi.

Avtomobilni darhol ta'mirlasam bo'ladimi?

Yo'q. Sug'urta kompaniyasi qaror qabul qilgunga qadar avtomobilni ta'mirlash yoki utilizatsiya qilish mumkin emas.

Qaysi hududlarda ishlaysiz?

Samarqand shahri, Samarqand viloyati tumanlari va viloyatga tutash hududlarda.

Avariya bo'ldimi? Avval bizga qo'ng'iroq qiling.

Hech qanday hujjatga imzo qo'yishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.

Qo'ng'iroq
Yevro Pro Assist

Ariza qoldiring

Ma'lumotlaringizni qoldiring, mutaxassisimiz tez orada qo'ng'iroq qiladi.

Qaysi xizmat kerak?

  • 24/7 aloqada
  • 1100+ mijoz
  • Ma'lumotlar maxfiy

Qaysi raqamga qo'ng'iroq qilasiz?

Istalganini tanlang.

1-raqam+998 90 465-02-722-raqam+998 93 943-89-98

Qaysi Telegram akkauntga yozasiz?

Istalganini tanlang.

Telegram@yevro_assistTelegram@Muhammadxon9999